Namanganda “Yosh fermerlar innovatsion rivojlanish yoʻlida” mavzusida seminar oʻtkazildi

Namanganda “Yosh fermerlar innovatsion rivojlanish yoʻlida” mavzusida seminar oʻtkazildi

26.04.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Yurtimizda yosh fermerlarning nazariy bilim va sohadagi amaliy koʻnikmalarini oshirish, ularni bosqichma-bosqich koʻp tarmoqli fermer xhjaliklariga aylantirish, shuningdek, fermerlik faoliyatiga qiziquvchi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olim va izlanuvchilarning zamonaviy ilmiy ishlanmalarini hayotga tatbiq etishlariga koʻmaklashish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 26 aprel kuni Namangan “Yoshlar markazi”da Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi tomonidan Global Ekologik Fondning Kichik Grantlar Dasturi bilan hamkorlikda “Yosh fermerlar innovatsion rivojlanish yoʻlida” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda barcha tumanlardan taklif qilingan 70 nafardan ziyod yosh fermerlar qatnashdi. Ular mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, muammoyu tashvishi bilan oʻrtoqlashish, shu bilan bir qatorda, sohaga oid bilim hamda koʻnikmalarini boyitish va mustahkamlash imkoniga ega boʻldi.

Yakunda boshqalarga namuna boʻlayotgan yosh fermerlarga Yoshlar ittifoqining sertifikatlari topshirildi.