Harbiy oromgohda bolalar nimalar bilan mashg’ul?

Harbiy oromgohda bolalar nimalar bilan mashg’ul?

11.06.2019 0 Автор ittifoqtvuz

#YoshlarOyligi #YouthMonth #МесяцМолодёжи

Avval xabar berganimizdek, “Yoshlar oyligi” doirasida respublikada birinchi boʻlib Pop tumanidagi 07648-sonli harbiy qismda “Vatanparvarlar” bolalar yozgi harbiy sport sogʻlomlashtirish oromgohi tashkil etildi. Harbiy qism tomonidan bolalar uchun noanʼanaviy, kutilmagan, qiziqarli loyihalarga boy boʻlgan alohida dastur ishlab chiqilgan.

Bolalar oromgohda erta tongdan badantarbiya mashgʻulotlarini askarlar va harbiy xizmatchilar bilan bir safda turib bajarishmoqda. Ular hattoki xuddi askar akalariday bir safda yurib, harbiy intizomga rioya qilishni ham oʻrganib olishdi.

Harbiy qismdagi qurol-aslahalar koʻrgazmalari, kechki madaniy dasturlar ayniqsa Qoʻqon shahriga uyushtirilgan sayohat kabi bir-biridan qiziqarli kutilmagan dasturlar bolalar qalbidan oʻzgacha joy olmoqda.