Baliqchilik bo’yicha mahorat darsi tashkil etildi

Baliqchilik bo’yicha mahorat darsi tashkil etildi

18.06.2019 0 Автор Elzodxon Sharofaddinov

YoshlarOyligi #YouthMonth #МесяцМолодёжи

Joriy yilning 18-iyun kuni O’zbekiston yosh fermerlar Kengashi Namangan viloyati hududiy bo’limi tashabbusi bilan Uychi tumanidagi “Modern fish like” fermer xo’jaligida “Fermer – mulkdor, tadbirkor, ishbilarmon” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Zamonaviy baliqchilik qiyofasi, shuningdek, baliqchilik faoliyati davomida duch kelinadigan muammolar va ularning yechimlari bo’yicha ma’lumotlar berildi.

– 5 gektar maydondagi ko’limizga ish faoliyatimizni boshlanishida 500 kg lichinka baliq tashladik. Bu baliqlar bir yil ichida 20 tonnaga yetkazishni maqsad qildik, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Tojiaxmedov Yoqubjon Gʻulomovich. – Bu baliqlarga oziq-ovqati o’z vaqtida berilsa, ko’zlangan natijaga erishish mumkin.

Mazkur uchrashuvlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida o’tkazilishi rejalashtirilgan.