Kelajak tadbirkorlari aniqlandi

Kelajak tadbirkorlari aniqlandi

18.06.2019 0 Автор Elzodxon Sharofaddinov

Namanganda tashkil etilgan “Biznes klub”lar faoliyatini yanada jonlantirish, klub aʼzolarining bilim saviyasini oʻstirish, ulardagi tadbirkorlik koʻnikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida Namangan “Yoshlar markazi”da “Kelajak tadbirkorlari” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Birinchi shartda jamoalar oʻzlarini tanishtirishgan boʻlsa, ikkinchi shartda “Biznes reja” tayyorlab kelgan holda slayd orqali namoyish qilishlari kerak. Tadbirkorlik faoliyatiga oid maxsus savollarga tezkor javob bergan jamoalar, 4 shartda “Men tadbirkor boʻlmoqchiman chunki…” mavzusiga oʻzlari chizib tayyorlagan rasm orqali davom ettirib izohlab berishdi.

Qizgʻin va murosasiz bellashuvga boy tanlovda 3 oʻrin Norinning “Tabiat himoyachilari”, ikkinchi oʻrin mingbuloqlik “Kreativ” jamoasiga, birinchi oʻrin Pop tumani “Orzudagi jamoa”ga nasib etdi. Gʻolib va sovrindorlar diplom va maxsus sovgʻalarga ega boʻlishdi.