Namanganda “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi amalga oshirildi!

Namanganda “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi amalga oshirildi!

31.07.2019 0 Автор Elzodxon Sharofaddinov

Namangan viloyatida ishsiz yoshlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining bandligini ta’minlash maqsadida “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida yoshlarga g’alladan bo’shagan yer maydonlari vaqtincha takroriy ekin ekish uchun ajratib berildi.

Viloyatning barcha hududlarida 2019 yil davomida ishsiz, yerdan foydalanib, daromad topish istagida bo’lgan 1634 nafar yoshlarga 1 gektardan yer ajratildi.

Mazkur loyiha Uchqo’rg’on tumanida ham tizimli ravishda tashkil etilib, “Eldor tolasi” fermer xo’jaligidan ham Zulfiqarov Bekzodga bir gektar yer maydoni berildi. Uning maqsadi esa mavsum yakunigacha 2500 kg mosh hosil olishdir.

Mazkur loyiha yoshlar bandligini ta’minlashda va ularning qisqa vaqtda daromad olishlariga xizmat qilmoqda.