Asalarichilik – istiqbolli soha

Asalarichilik – istiqbolli soha

14.03.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Xalqimiz yetti xazina deganda, sigir, tovuq, asalari, ipak qurti, objuvoz (moyjuvoz), tegirmon va o’rmonni nazarda tutadi. Bu bejiz emas. Fikrimiz tasdig’ini birgina asalari misolida ko’radigan bo’lsak, uning asali, zahri, suti, propolisi, gulchangi ming dardga davo, mumidan esa sanoatimizda keng foydalaniladi. Paxta dalalarida g’o’za gullagan davrda bir milliondan ko’proq asalari oilalarini boqish mumkin. Ayni paytda respublikamizda 460 mingdan ziyod asalari oilasi mavjud.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi, Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi Namangan viloyati hududiy boʻlimi hamda Namangan viloyati “Asalarichilik” uyushmasi bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni kasbga oʻrgatish, ular oʻrtasida asalarichilikni keng targʻib etish maqsadida joriy yilning 14 mart kuni Uychi tuman “Kamronbek Oltinboy” fermer xoʻjaligida “Asalarichilik sirlari” boʻyicha uchrashuv tashkillandi.

Sohaga qiziquvchi yoshlarga asalarilarning hayoti, ularda uchraydigan kasalliklar hamda parvarish usullari boʻyicha ma’lumotlar va takliflar berildi.

— Bugungi kunda Namangan viloyatida 1200 nafar aholi asalarichilik faoliyati bilan shugʻullanadi, — deydi viloyat “Asalarichilik” uyushmasi rahbari T. Hakimov. — Bu sohani yanada rivojlantirish maqsadida har bir tumanda “Asalarichilar markazi”ni tashkil etamiz.

Shuningdek, “Kamronbek Oltinboy” fermer xoʻjaligi rahbari A.Qambarov: «Bugungi kunda asalarichilik sohasini rivojlantirish boʻyicha imtiyozli kreditlar aholimiz turmush tarzini yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi».

Uchrashuvda 45 nafar yoshlar ishtirok etdi va
mutaxassislar tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli javoblar oldilar.