Ipak qurti yetti xazinaning biri​

Ipak qurti yetti xazinaning biri​

16.03.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Joriy yilning 15 mart kuni vaqtincha ish bilan band boʻlmagan, xorijdan qaytgan yoshlar hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kasbga oʻrgatish, ipakchilik sohasidagi eng soʻngi yangiliklar, amalga oshirilayotgan islohotlarni yetkazib berish, ular bilan bugungi kun talabi asosida ish olib borish boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi hamda “Marjon tola fayz” MJCH bilan hamkorlikda “Ipak qurti yetti xazinaning biri” mavzusida master klass tashkil etildi.

Mazkur master klasslarda pillachilik faoliyatiga qiziquvchi bugungi kunda ish bilan band boʻlmagan yoshlar hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirok etishdi. 

“Marjon tola fayz” MJCH ish boshqaruvchisi X.Parpiboyev tomonidan yoshlarga pillachilik agrar tarmoqning asosiy sohalaridan biri ekanligi, uning mahsuloti tabiiy ipak olish manbayi boʻlgan ipak qurti pillalari hisoblanishini, vapilla boqiladigan joylar uning yetishtirish va boqish tartib qoidalari toʻgʻrisida tushunchalar taʼkidlab oʻtdi.

“Marjon tola fayz” MJCH ish faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida pillani qayta ishlash sexiga sayohat tashkil etildi. Korxonada 200 nafarga yaqin ishchi oʻrni mavjud boʻlib, hozirgi kunda 150 nafar xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Yaqin kunlarda korxona faoliyatini kengaytirib, siz kabi yoshlarni ish bilan taʼminlashga vaʼda beraman dedi korxona direktori Gʻ.Mamadaliyev.