Axsikentda “Varraklar sayli” oʻtkazildi.

Axsikentda “Varraklar sayli” oʻtkazildi.

18.03.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Navroʻz munosabati bilan kuni kecha Axsikent majmuasida “Varraklar sayli” boʻlib oʻtdi.

Axsikent yodgorligi Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Shahand qishlogʻi hududida, Sirdaryoning oʻng sohilida joylashgan. Aytib oʻtish joizki, Axsikent 9-10-asrlarda Fargʻona vodiysining poytaxti boʻlgan.

Ochiq osmon ostidagi tarixiy makonda 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi raisi oʻrinbosari D.Akramova ochib berdi.

Sayl barchaga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Bahor nafasi aks etib turgan tadbirda ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari hamda 50000 soʻm pul miqdorida taqdirlandi.