Yosh o’t o’chiruvchilar aniqlandi

Yosh o’t o’chiruvchilar aniqlandi

01.04.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Joriy yilning 1 aprel kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Uychi tuman Kengashi hamda tuman Yongʻin xavfsizligi boʻlimi​  hamkorligida “Yosh yongʻin oʻchiruvchi” koʻrik tanlovining tuman bosqichini oʻtkazildi. 

Koʻrik-tanlovda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ularni yongʻin oʻchiruvchi kasbiga qiziqtirish, ushbu yoʻnalishda targʻibot-tashviqot ishlarini keng koʻlamda olib borish, ularda yongʻin chogʻida toʻgʻri harakat qila olish koʻnikmalarini shakllantirish hamda yongʻin oʻchirish sportini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

Tadbirni Uychi tuman Yongʻin xavfsizligi boʻlimi boshligʻi podpolkovnik A.Axmatjanov ochib berdi. 

Tadbirda tumandagi mavjud kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining jamoalari 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. 

Musobaqa yakuniga koʻra, kasb-hunar kollejlari boʻyicha:1-oʻrinni Uychi sport kolleji jamoasi, 2-oʻrinni Jiydakapa qurilish va kommunal xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji jamoasi va 3-oʻrinni Uychi qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji jamoalari qoʻlga kiritdi. 

Umumtaʼlim maktablari boʻyicha: 1-oʻrinni 26 maktab, 2-oʻrinni 3 maktab va 3-oʻrinni 11 maktab jamoalari qoʻlga kiritdi. 

Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.