Uchuvchilar bilan parvozli suhbat

Uchuvchilar bilan parvozli suhbat

01.04.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Joriy yilning 30 mart kuni Namanganda “Kelajakni bugun tanlaymiz” loyihasi doirasida muvaffaqiyatga erishgan kasb egalari bilan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad: yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish sohasida ish olib borayotgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali yoshlarning kasb tanlashlariga koʻmaklashish, bugungi kundagi mavjud mutaxassisliklar va yoʻnalishlarda yuqori natijalarga erishgan kasb egalari bilan yaqindan tanishtirish, muvaffaqiyatga erishgan kasb egalari bilan oʻzaro tajriba almashish tizimini yaratish hisoblanadi.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Namangan viloyati boshqarmasida faoliyat yuritayotgan uchuvchi va dispetcherlar “Men tanlagan kasb” mavzusida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.