Bolamni senga bermayman!

Bolamni senga bermayman!

01.04.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Namangan shahridagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida, Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat Kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat DXX, viloyat IIB va boshqa hamkor tashkilotlar, ekspertlar, deputatlar, tuman (shahar) mahalla faollari, ota-onalar, oʻqituvchilar va yoshlar (jami 160 nafar) ishtirokida “JAHOLATGA QARSHI FAQAT MAʼRIFAT” mavzusida namunaviy amaliy-seminari boʻlib oʻtdi.

Unda koʻtarilgan asosiy mavzu yoshlarimizning maʼnaviy ongi, dunyoqarashi, har qanday yot gʻoyalarga qarshi tura olishi, shaxsiy fikriga ega boʻlishi, jaholatni targʻib etuvchi gʻoyalarga mafkuraviy, ilmiy madaniyati, ongi shuuri bilan qarshi tura olishi va bu borada ayniqsa ota-onalarning, keng jamoatchilikning roli xususida alohida toʻxtalib oʻtildi. Shu oʻrinda yurtimizda yashayotgan har qanday bolalar bu bizning farzandimiz ekanligi, buni oʻzimizdagi daxldorlik hissi bilan isbotlashishimiz taʼkidlab oʻtildi. Seminar davomida viloyat DXX tomonidan maxsus tayyorlangan “Qaltis qadam” videofilmi ham yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Bu kabi tadbirlardan asosiy maqsad esa, barchani ogohlikka chorlash, ota-onalar va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishdir.

AZIZLAR BOLALARIMIZNI OʻZGALAR QOʻLIGA BERIB QOʻYMAYLIK, TOKI ULAR VATANINI, OILASINI OLDIDAGI OʻZ BURCHI VA SADOQATINI DOIMO YODIDA SAQLASIN, TARBIYANI ESA OʻZIMIZDAN BOSHLAYLIK VA ULARGA HAM YETKAZAYLIK…