“Yoshlar — kelajagimiz” dasturi ijrosi — amalda

“Yoshlar — kelajagimiz” dasturi ijrosi — amalda

03.04.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Dastur doirasidagi amaliy saʼy-harakatlar yangi soha sifatida jadal rivojlanib borayotgan naslli quyonlar yetishtirishda oʻz samarasini koʻrsatmoqda.

Namangan Yoshlar markazida davom etayotgan quyonchilik boʻyicha koʻrgazma minglab soha ishqibozlarida katta qiziqish uygʻotmoqda.

Koʻrgazmada nafaqat vodiylik, balki Jizzaxu Buxorodan ham koʻplab tadbirkorlar, naslli quyon yetishtirish bilan shugʻullanayotganlar, ishqibozlar qatnashmoqdalar.

— 15 xildan oshiq rangdagi Yangi Zellandiya oq, qora, Vena kumushrang, Vena koʻk quyoni, Burgunder, Reks, katta yorqin kumushrang, Poltava kumush rang kabi eng zotdor quyonlarning goʻshti mazzali va parhezbop, terisiyu, momigʻi jahon bozorida juda serxaridor, — deydi Oʻzbekiston naslli quyonlar yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi raisi Elmurod Ortiqov.

Xullas, mazkur yangi yoʻnalishni baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik singari yetti xazina qatorida SAKKIZINCHI XAZINA deyish mumkin.

Buni “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi asosida 600 million soʻmlik imtiyozli kredit asosida 280 dan ziyod eng zotdor quyonlarni parvarishlayotgan norinlik tadbirkor, “Omadbek boʻstoni” fermer xoʻjaligi rahbari Temurbek Moʻminov oʻz faoliyati misolida isbotlamoqda.

Isroiljon YUSUPOV — «Bolalar dunyosi» gazetasi muxbiri