Norinda 32 nafar yosh ish bilan ta’minlandi

Norinda 32 nafar yosh ish bilan ta’minlandi

04.04.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Joriy yilning 4 aprel kuni Norin tumanida “Yoshlar – munosib mehnat va tashabbuskorlik” shiori ostida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Yoshlarga 47 ta korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan 250 ta, jamoat tashkilotlari tomonidan 312 ta, jami 562 ta boʻsh ish oʻrinlari tavsiya etildi.

Shuningdek, yoshlarni bandligini taʼminlash va ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida tumandagi 3 ta tijorat banklari qatnashib, 96 nafar kredit olish istagida boʻlgan yoshlar roʻyxatga olindi.

Yarmarka yakuni boʻyicha 120 nafar yoshlarga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berilib, 160 nafardan ortiq fuqarolarga mehnat qonunchiligi boʻyicha tushunchalar berildi va 32 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi.