Namanganda qishloq xo’jaligi bo’yicha seminar bo’lib o’tdi

Namanganda qishloq xo’jaligi bo’yicha seminar bo’lib o’tdi

09.04.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Joriy yilning 8 aprel kuni Namangan yoshlar markazida Germaniyaning “Basf” va Eronning “Aiashimi” kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakilligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Namangan viloyat Kengashi hamda Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi Namangan viloyat hududiy boʻlimi bilan hamkorligida “Agrosystems” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Respublikamizning tabiiy yer, suv, quyosh va mavjud resurslaridan yuqori darajada foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hosildorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 80 dan ziyod fermerlar va fermerlikka qiziquvchilar ishtirok etdi.