Navbatdagi agrosayohat Namangan tumanida

Navbatdagi agrosayohat Namangan tumanida

16.04.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Joriy yilning 15 aprel kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan tuman Kengashi hamda Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi Namangan viloyat hududiy boʻlimi bilan birgalikda vaqtincha ishsiz va qishloq xoʻjaligi kolleji bitiruvchi oʻquvchilari bilan ishtirokida “Namangan tola Tekstil” MCHJga  “Agrosayohat” tashkil etildi.

Mazkur jamiyat rahbari Dadamirzayev Muxammadsharif agrosayohatga tashrif buyurgan yoshlarga mazkur korxonaning qanday tashkil etganligini va hozirgi kundagi erishgan natijalari toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi.

Bugungi kunda “Namangan Tola Tekstil” MCHJ 12 gektar yer maydonga ega boʻlib, bu yerda paxta yogʻi, chorva uchun kunjara, chulugʻ va xoʻjalik sovunlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Agrosayohatni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarni qishloq xoʻjaligi sohasiga boʻlgan qiziqishlarini, bilim va koʻnikmalar shakllantirishdan iborat.

Yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga tadbirkor va masʼul xodimlar tomonidan qoniqarli javob olishdi.

Sayohatda 35 nafar yoshlar ishtirok etdi.