Navbatdagi agrosayohat Kosonsoy tumanida

Navbatdagi agrosayohat Kosonsoy tumanida

20.04.2019 0 Автор ittifoqtvuz

Joriy yilning 19 aprel kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Kosonsoy tuman Kengashi hamda O’zbekiston yosh fermerlari Kengashi Namangan viloyat hududiy bo’linmasi bilan hamkorlikda kollej bitiruvchilari va qishloq xo’jaligi sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirokida Kosonsoy tumanida joylashgan “Chashmai safed” fermer xo’jaligiga Agrosayohat tashkil etildi.

Mazkur fermer xo’jaligi davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida barqaror yutuqlarga erishib, rivojlanib borayotgan ko’p tarmoqli xoʻjaliklardan biri hisoblanadi. Bu xo’jalik faoliyati chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish, sut va go’sht mahsulotlarini qayta ishlash kabi turli tarmoqlarni qamrab oladi.

– Bizga maʼlumki, foyda olishdagi asosiy samara o’zi yetishtirgan mahsulotlarni qayta ishlab, so’ngra sotishdan olinadi. «Chashmai safed» fermer xoʻjaligida ham bunga katta eʼtibor qaratilgan bo’lib, xo’jalikda yetishtirilgan sutni qayta ishlash orqali pishloq, qatiq, qaymoq, sariyog’, smetana kabi 12 turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo’lga qoʻyilgan. Shu bilan birga, bu yerda ishlab chiqarilayotgan “Kosonsoy pishloqlari” brendidagi mahsulotlar yurtimizning deyarli barcha bozorlarida doimiy o’z xaridorlariga ega – deydi fermer xo’jaligi rahbari A.Atamirzayev.

Agrosayohatga tashrif buyurgan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Bugungi kunda xoʻjalikning boʻsh ish oʻrinlari 20 tani tashkil etib, sohaga qiziqishi bor, ishlash istagini bildirgan yoshlarga doimo eshiklari ochiqligi aytib oʻtdi.

Sayohatga jami 42 nafar yoshlar jalb qilindi.